Monday, July 7, 2014

GOOGLEning 7 siri


"Google"ning 7 siri. Har birimiz internet olamidan ma'lumot qidirishda googledan foydalanamiz. Bir qarashda google dan foydalanishning umuman qiyin joyi yo'qdek-istagan narsangizni yozasiz, qidirish tugmasini bosasiz-tamom vassalom. Lekin googlening quyidagi sirlarini bilib olsangiz, undan foydalanish yanada oson va qulay tuyiladi.

1. Aniq bir jumlani qidirayotgan bo'lsangiz, qo'shtirnoqdan foydalaning. Masalan, "eng baland bino”. Google aynan shu jumla mavjud bo’lgan saytlarni topadi.

2. Aniq bir sayt miqyosida qidirayotgan bo’lsangiz, “site:” funkciyasidan foydalaning. Masalan, nokia asha site:torg.uz deb qidiruvga  bersangiz, aynan torg.uzdagi e’lonlar ichidan nokia ashani topasiz.

3. Agar siz aniq bir fayl turida ma’lumot qidirayotgan bo’lsangiz, “filetype:”ni ishlating. Masalan, O’zbekiston tarixi filetype:pdf deb yozib qidiruvga bersangiz, faqatgina PDF formatidagi ma’lumotlar chiqadi.

4. Sizga yoqqan saytga o’xshash boshqa saytlarni topmoqchi bo’lsangiz, related: va o’zingizga yoqqan sayt nomini yozing. Masalan: related:gazeta.uz.

5. Bu usul asosan sayt egalari va bloggerlarga foydali. Agar sizning blogingizga yoki saytingizga qayerda link berilganini bilmoqchi bo’lsangiz, link: funkciyasini ishlating. Masalan, link:hayotiy.blogspot.com.

6. Qidirilayotgan jumlaning sinonimlarini ham qidirish ~ belgisi ishlatilgan holda amalga oshiriladi. Masalan, ~til o’rganishning oson yo’llari.

7. Agar sizga ma’lumotning you nisi yo bunisi kerak bo’lsa, or funkciyasidan foydalaning. Masalan, o’zbek yozuvchilari or o’zbek shoirlari.

Thursday, July 3, 2014

Birinchi post!

Hammaga salom. Bu birinchi blogim va birinchi blogimdagi birinchi postim. Hali aniq nimalar haqida yozishimni bilmayman, lekin o'zim uchun qiziqarli va foydali bo'lgan mavzularda yozish niyatim bor. Asosiy qiziqishim tarjimonlik bo'lganligi uchun, asosan rus va ingliz tilidan o'zim tarjima qilgan maqolalardan yozib tursam kerak. Hayotimizni yengillashtiradigan maslahat va tavsiyalar, moddiy va ma'naviy yuksalishga taalluqli bo'lgan maqolalardan yozib turishga  harakat qilaman.